Lend-Liz

Lend-Liz (inglizcha lend — qarz berish, lease — ijaraga topshirish) — qurol-yarog’, o’q-dori, strategik xom ashyo, oziq-ovqat va shu kabilarni berish (qarzga yoki ijaraga) tartibi; Lend-Liz asosida AQSh 2-jahon urushi davrida gitlerchilarga qarshi koalitsiya bo’yicha ittifoqchilarga yuqoridagilarni yetkazib berib turgan. Lend-Liz to’g’risidagi qonun 1941 yil 11 martda AQSh Kongressida qabul qilingan. Lend-Liz bo’yicha AQShning xarajatlari ana shu kundan 1945 yil 1 avgustgacha 46 milliard dollarga yetgan. O’z navbatida, AQSh ham urush yillari Lend-Liz bo’yicha bergan mahsulotlari hisobiga ittifoq davlatlardan 7,3 milliard dollarlik turli mahsulotlar olgan. Lend-Liz bo’yicha mol yetkazib berish urush yillarida AQShda ishlab chiqarishni sezilarli darajada kengaytirishga olib keldi.