Lenkoran

Lenkoran — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar, Kaspiy dengizidagi port. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 45,4 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Subtropik mevalar yetishtiriladigan rayonning markazi. Baliq konserva, meva-sabzavot konserva zavodlari, choy fabrikalari, teatr, o’lkashunoslik muzeyi bor. Dengiz bo’yi balneoiutim kurorti. Ozarbayjonning eng qadimgi shaharlaridan biri, asos solingan yili noma’lum. 18-asrda tolish xonligi markazi. 1804— 13 -yillar Rossiya—Eron urushida vayron qilinib, Lenkoran o’rnida qal’a qurilgan.