Lepvdokrokit
Lepvdokrokit (Yunoncha Lepidos — tangacha va kroke — ip, tola), yoqut slyudkasi—gidroksidlar sinfiga oid mineral [FeO(OH)]. Tarkibida Fe2O3 89,86% va N,0 10,14%, MnO, AI2O3, SiO2, CaO, MgO aralashmalari, ba’zida N2O ning ortiqchasi mavjud. Rombik singoniyali, strukturasi qatlamli. Tangachasimon, plastinkasimon, tolasimon, bog’lamsimon va radial-tolasimon agregatlar xos. Zonal agregatlar hosil qilib ularda gyotit va gidrogyotit bilan galma-gal almashib turadi. Rangi yoqutsimon qizildan jigarranggacha. Olmossimon yaltiroq. O’zaro mukammal, bir yo’nalishda bog’langan. Qattiqligi 4-5; zichligi 3480-4100 kg/m3. Mo’rt. Qo’ng’ir temir rudasi, boksit, tuproq tarkibida uchraydi. Gidro-termal cho’kindi konlarning (Uraldagi Bakalskoe) temir rudalar tarkibida borligi ma’lum. Limonit kabi boyitiladi. Sun’iy ravishda temirning chala oksidlangan birikmalaridan olinadi.