Levend ogoh sirri

Levend ogoh sirri (1894, Rodos oroli — 1979, Anqara) — turk yozuvchisi, turkolog olim. Istanbul universitetining adabiyot fakultetini tugatgan (1919). Turk entsiklopediyasining bosh muharriri (1941-51, 1963-66). Anqaradagi Gazi Egitim institutida turk adabiyotidan dars bergan (1947-49). Turkiya tilshunoslar jamiyati bosh kotibi va raisi (1941-50). “Ukubatlar” (1928) sentimental romani bor. Atoiy, Navoiy, Fuzuliy adabiy merosi va turkiy tillar tarixi va adabiyotiga bag’ishlab ilmiy asarlar yozgan, Xususan, Navoiyning Turkiya shaharlaridagi kutubxonalarda va Istanbuldagi Reven kutubxonasida saqlanayotgan va hali fanga ma’lum bo’lmagan qo’lyozmalari haqida, jumladan, Navoiyning 26 asarini o’z ichiga olgan, shoir hayotlik davrida Darvesh Muhammad Toqiy tomonidan ko’chirilgan (1497-99) qo’lyozma haqida mufassal ma’lumotlar e’lon qilgan. 1965-68 yillarda Anqarada Navoiy asarlarining 4 jildli to’plamini nashr ettirgan.