Levinson-Lessing Frans Yulevich

Levinson-Lessing Frans Yulevich (1861.25.2, Sankt-Peterburg — 1939.25.10) — rus geologi va Petrografi. Rossiya Fanlar Akademiyasi akademik (1925). Yurev (hozirgi Tartu) universiteti (1892-1902), Sankt-Peterburg universitetida Rossiyada birinchi eksperimental petrografiya laboratoriyani tashkil etgan. 1921 yildan o’sha universitetda Petrografiya kafedrasi mudiri. Geologiya Muzeyi va Rossiya Fanlar Akademiyasi Tuproqshunoslik instituti (1925-29), petrografiya instituti (1930— 38) direktori, Kamchatka vulkanologiya stansiyasining birinchi direktori. Kaspiy dengizini kompleks o’rganish komissiyasi raisi (1934-39), keyinroq SSSR Fanlar Akademiyasi Ozarbayjon va Armaniston filiallari raisi. Asosiy ilmiy ishlari nazariy petrografiya, petrogenezis masalalariga, tog’ jinslarining kimyoviy tarkibini tasniflashga bag’ishlangan. Levinson-Lessing rahbarligida otqindi va metamorfik tog’jinslari haqida to’plam, o’quv qo’llanmalari, “Petrograficheskiy slovar”ning (1932) birinchi ruscha nashri tayyorlangan va nashr etilgan. Rossiya Fanlar Akademiyasida Levinson-Lessing mukofoti ta’sis qilingan. Ad:. Petrografiya [5 izd.], L.—M., 1940; Izbr. Trudi, t. 1-4, M.-L., 1945-55.