Leypsig jangi
Leypsig jangi (1813. 4-7. 10) -rus armiyasining xorijga yurishlari paytida (1813-14), Leypsig shahri yaqinida ittifoqchi Rossiya, Avstriya, Prussiya va Shvesiya qo’shinlari bilan Napoleon I armiyasi o’rtasida bo’lgan jang (“xalqlar Jangi”). Jangda ikkala tomondan 500 mingdan ortiq kishi qatnashgan. Napoleon I armiyasi tor-mor etilgan, frantsuzlar taxminan 80 ming kishi yo’qotgan. Bu Germaniya va Gollandiyaning ozod bo’lishiga va Reyn Ittifoqining parchalanib ketishiga olib kelgan.