Leytsit
Leytsit (leyko…) — jins hosil qiluvchi mineral (karkasli alyumosilikatlar tarkibida), kimyoviy tarkibi K[AlSi,OJ. Analtsimga izostrukturali. Diamorfizm xususiyatiga ega bo’lib, oddiy temperatuada tetragonal, 605° dan yuqorida kub singoniyada kristallanadi. Kristallarining tomonlari to’g’ri tuzilgan — poliedrik bo’ladi. Rangsiz, kulrang, och sariq. Qattiqligi 5-6, zichligi — 2,5 g/sm3, mo’rt. Kaliyga boy effuziv va gipabissal tog’jinslarida uchraydi. O’zgarganda soxta leytsit, analtsit, serisit, kaolinit, epileytsitga aylanadi. Shisha sanoatida foydalaniladi.