Likoshin Nil Sergeyevich
Likoshin Nil Sergeyevich (1860— 1922) — Turkiston o’lkasini tadqiq etgan rus sharqshunosi; asli harbiy, Turkiston general-gubernatorligi ma’muriyati tizimida bir qancha mas’ul lavozimlarda ishlagan. 1917 yil yanvarda iste’foga chiqqan. 1918-20 yillarda Toshkentdagi Turkiston xalq universitetida etnografiya va turkiy tillardan dars bergan. Etnografiya-arxeologik kuzatishlar olib borgan. Ilmiy o’lkashunoslikka oid 800 ga yaqin maqola va risolalar yozgan. Likoshinning “Yarim umr Turkistonda” kitobi Turkiston xalqlarining etnografiyasiga oid muhim manba sanaladi. Sharq olimlarining ko’plab asarlarini Arab va o’zbek tilidan rus tiliga tarjima qilgan. As: “Xoroshiy ton” na Vostoke, Petrograd, 1915; Pol jizni v Turkestane, Petrograd, 1916.