LIMASOL
LIMASOL, Lemesos — Kipr Janubdagi shahar. Limasol okrugining ma’muriy markazi. O’rta dengiz bo’yidagi port. Aholisi 192,5 ming kishi (1999). Vino va konyak ishlab chiqarish markazlaridan. To’qimachilik, tikuvchilik sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari, arxeologiya muzeyi bor. 13-17-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan.