Linkoln (Lincoln) Avraam
Linkoln (Lincoln) Avraam (1809.12.2, Kentukki shtati, Xojenvill — 1865.15.4, Vashington) — AQShning 16-prezidenti (1861-65), qulchilikka qarshi chiqqan Respublikachilar partiyasi tashkilotchilaridan biri (1854). Janubiy plantatorlar tomonidan boshlangan fuqarolar urushi davrida (1861-65) Linkoln hukumati bir qator demokratik islohotlar (gomstedlar haqidagi qonunlar, qulchilikni bekor qilinishi)ni amalga oshirgan, bular janubliklar qo’shinlarini tor-mor keltirilishini ta’minlagan. Linkoln 2-marta prezidentlikka saylangandan keyin (1864) ko’p o’tmay janubliklar tarafdori tomonidan o’ldirilgan.