Linolen kislota
Linolen kislota – uch qo’sh bog’li bir asosli karbon kislota. SN3(SN2SN=SN)3 (SN2)7 SOON. Molekulyar modda 278,4. Suyuqlanish temperaturasi — 11,3°, qaynash temperaturasi 184°, zichligi 916 kg/m3 (20° da). Linolen kislota almashtirib bo’lmaydigan yog’ kislotalariga mansub. Linolen kislota trigliserid holida ko’pgina o’simlik moylarida, masalan, zig’ir (30% gacha), perilla (55% gacha) va soya moyida bo’ladi.