Lipman (Lippmann) Gabriel
Lipman (Lippmann) Gabriel (1845.16.8, Xollerix, Lyuksemburg — 1921.12.7, “Frantsiya” paroxodi) — Fransuz fizigi, Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1886). Yorug’lik interferentsiyasiga asoslangan rangli fotografiya usulini (1891) va integral fotografiya usulini ishlab chiqqan (1908). Yer magnetizmi, mexanika masalalariga bagishlangan juda ko’p ishlar uning nomi bilan bog’langan. Elektr-kapillyar hodisasini, mayatnik va kamerton tebranishini, kvarsda pezoelektrik effekt qaytuvchanligi hodisasini, galvanik elementlar qutblanishini tekshirgan. Nobel mukofoti laureati (1908).