LIPOMA

LIPOMA (Yunoncha lipos — yog’, oma — o’sma) — yog’to’qimasidan rivojlanadigan xavfsiz o’sma. Har xil kattalikda bo’ladi. Ko’pincha teri osti yog’qavati, charvi, fassiyalar, bo’g’imlarda, ba’zan pay pardalari, shuningdek, orqada, bo’yinda, qorinning oldingi devori va boshqa joylarda uchraydi. Lipoma biriktiruvchi to’qimali kapsula bilan o’ralgan bo’lib, sekin o’sadi. Organizm funktsiyalariga zarar yetkazmaydi, jarrohlik yo’li bilan olib tashlanadi.