LIRO-EPIK JANRLAR
LIRO-EPIK JANRLAR – voqelikni badiiy mujassamlashtirishda ham lirik, ham epik tasvir vositalari foydalanilgan she’riy asarlar. Bu jumladagi asarlarga xos asosiy xususiyat syujetlilik bilan lirik his-tuyg’u va kechinmalarning o’zaro uyg’unlashishidir. Liro-epik sheriyatning she’riy roman, doston, lirik qissa, ballada, she’riy ertak, qasida, masal singari janrlarida yaratilgan asarlar, nasriy asarlar singari, syujet oqimiga ega bo’lsa-da, ulardan lirik his-tuyg’u va kechinmalar tasviriga katta o’rin ajra-tilganligi bilan farqlanadi. Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” yoki Oybekning “Qutlug’ qon” romanlarida ham qahramonlarning ruhiy kechinmalari va tabiat manzaralari tasviriga alohida e’tibor berilgan. Hatto “Qutlug’ qon”dagi ikkinchi darajali qahramonlardan biri Yormatning Salim-boyvachchani o’ldirgandan keyingi ichki monologida uning o’sha kezlardagi o’ta dardchil va iztirobli kechinmalari’ yozuvchi tomonidan katta mahorat bilan tasvir etilgan. Ammo Yormatning yarali ko’nglidan otilib chiqqan bu so’zlar yozuvchining lirik kechinmalari emas, balki Yormatning o’z faryodiyu tavba-tazarrusidir. “O’tgan kunlar” va “Qutlug qon” romanlaridagi tabiat tasvirida esa, mualliflarning tabiat manzaralaridan olgan taassurotlari, ya’ni his-tuyg’ulari o’z ifodasini topgan. Ammo nasriy tilda ifodalangai bu manzaralar tasviri ham (xuddi Ermat monologidek) she’riyat hodisasi emas. Liro-epik janrlarda kechinma va his-hayajom tasviri voqea va hodisalar tasviri bilan omuxta holda keladi. Liro-epik janrlarning paydo bo’lish tarixi xalq og’zaki ijodiga borib taqaladi. O’zbek xalq dostonlarining avloddan avlodga o’tib. Bizga qadar etib kelgan namunalarida nasriy matnlar bilan she’riy matnlar o’zaro uygun holda kelgan. Baxshilar Syujet tasvirida asosan nasriy tildan foydalangan bo’lsalar. qahramonlarning turli xatti-harakatlariga munosabat (mamnunlik, kinoya, iztirob kabi) bildirishda shs’riy nutqqa murojaat etganlar. Bunday holat o’zbek yozma adabistining ilk namupalaridan biri — “Qi (s’asi Rabg’uziy” da ham ko’zga tashlapadi, bu ham folklor ta’siri sifatida izohlanadi. Keyinchalik adabiy tur va janrlarning sinkretik holatdan ajralib chiqishi patijasida Liro-epik janrlar paydo bo’lgan. 20-asning 60-yillarida o’zbsk adabiyotida yaigi ijodiy yuksalish pallasi boshlanishi bilan o’zbek adabiyotiga she’riy roman, she’riy qissa singari yangi janrlar kirib keldi; dostop janrining lirik doston, dramatik doston, portret-doston singari yangi ko’rinishlari kashf etildi; ballada janrining tabiatida esa xalq og’zaki ijodiga xos xususiyatlar ustuvorlik qila boshladi. O’zbek she’riyatidagi mazkur yangilanish jarayoni Liro-epik janrlar tabiatida ham o’z aksini topdi. Ayniqsa, lirik dostonning shu davr adabiyotida katta mavqe kasb etishi Liro-epik janrlarning yangi taraqqiyot bosqichiga erishganidan darak berdi. O’zbek she’riyatidagi xuddi shu jarasnnit ta’siri sifatida nasrda ham lirik qissalar maydonga kela boshladi. Naim Karimov.