Lisipp

Lisipp (Lysippos) — yunon haykaltaroshi; so’nggi klassikaning yirik vakili. Miloddan avvalgi 4-asrning 2-yarmida yashagan, makedoniyalik Aleksandr saroyida rassom bo’lgan. Asosan, jezdan ishlangan asarlarida hayotni tasvirlashga, shakllarni murakkab harakatda ifodalashga intilgan. Apoksiomen, Zevs, Gelios, Gerakl, Germes va boshqa haykallari mashhur. Antik san’atda ilk bor portret janriga murojaat qiladi; jumladan, makedoniyalik Aleksandr portretlarida insonning murakkab ichki hayotiy qudratini ifodalagan.