Litavra
Litavra — dovulsimon urma musiqa cholg’usi. Sharq xalqlarining turli (dovul, nog’ora kabi) cholg’ulari asosida 15-asrda Yevropada yaratilgan. 17-asrdan simfonik orkestr tarkibiga kiritilgan. Qozonsimon ko’rinishda bo’lib (diametri 55-70 santimetr), mis, jez yoki alyuminiydan ishlanib, og’zi teri bilan qoplanadi. Maxsus tayoqchalar bilan teriga urish natijasida yangroq, gulduros tovush hosil qiladi. Zamonaviy turlari maxsus vintlar (yoki pedal mexanizmi) bilan terini tortish orqali sozlanadi. Orkestrda 2 dan 5 tagacha turli sozdagi Litavra qo’llaniladi.