Litiy
Litiy (lito… va lotincha Lithium), Li — Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 3, atom molekulasi 6,941, ishqoriy metallarga mansub. Ikkita barqaror iztopi bor: 6Li (7,52%) va 7Li(92,48%). 1817 yilda shved kimyogari A. Arfvedson kashf qilgan. Litiy tabiatda keng tarqalgan. Yer po’stining massa jihatdan 6,5-10~3% ni tashkil qiladi. 30 ga yaqin minerali ma’lum. Asosiy minerallari: spodumen LiAl[Si2O6], lepidolit K, 5A1, 5[SiAll0] (F2OH)2 va petalit (Li,Na)[Si4A10lo]. Litiy kumushdek oqmetall (havoda xiralashib, qoramtir parda bilan qoplanadi) engil, yumshoq, cho’ziluvchan, pichoq bilan kesiladi. Zichligi 533 kg/m3 , suyuqlanish temperaturasi 180,54°, qaynash temperaturasi 1340°. Brinell bo’yicha qattiqligi 7850Pa. Barcha birikmalarida Litiy bir valentli. Kislorod bilan bevosita reaktsiyaga kirishganda yoki isitilganda (havorang alanga berib yonadi) litiy oksid hosil qiladi. Suv bilan birikkanda litiy ishqori LiOH hosil qilib vodorod ajratib chiqaradi. Mineral kislotalar bilan faol reaktsiyaga kirishib, tuzlar beradi. Azot, vodorod, galogenlar, uglerod, kremniy, fosfor birikmalari va boshqa ko’pgina moddalar bilan reaktsiyaga kirishadi. Metallorganik birikmalar hosil kila olish Litiyning muhim xususiyati. Shunga ko’ra, organik sintezda ko’p qo’llaniladi. Litiy olish uchun tarkibida 0,25—30% litiy oksid bo’lgan ruda boyitiladi. Natijada hosil bo’lgan mineral (spodumen, lepidolit, petalit) kontsentratlaridan Litiy ajratib olinadi. Sanoatda Litiy metali litiy xlorid va kaliy xlorid aralashmasini elektroliz qilish yo’li bilan olinadi. Hozirgi vaqtda Litiy metallotermik usul bilan ham olinmoqda. Metall Litiy quyma, donalar, sim, sterjen shaklida chiqarilib, vazelin yoki parafin qatlami ostida (germetik idishda) saqlanadi. Litiy yadro energiyasi ishlab chiqarishda, silikat sanoatida, qora va rangli metallurgiyada, kimyo, to’qimachilik sanoatlarida va qishloq xo’jaligida ishlatiladi.