Litoral
Litoral (lotincha litoralis – qirg`oq bo`yi, sohil) – dengiz suvi qaytganda dengiz tubining ochilib qoladigan qismi. Sutkasiga ikki marta suv ostida qoladi va ikki marta suvdan ochiladi. Tubining qiyaligi va suvning ko`tarilishi – qaytishi amplitudasiga qarab litoralning eni bir necha metrdan bir necha kilometrgacha bo`lishi mumkin. Zamini xususiyatlariga qarab balchiqli, qumli, toshli va qoyali litorallar bo`ladi.