Lixachev Dmitriy Sergeyevich
Lixachev Dmitriy Sergeyevich [1906.15(28).11, Peterburg – 2001, Sankt- Peterburg] — rus adabiyotshunosi, jamoat arbobi, akademik (1970). 1928 yilda Leningrad universitetini tugatgan. Rus adabiyoti instituti (Pushkin uyi)da (iga)… ilmiy faoliyatini boshlagan. 1954 yildan shu institutda qadimgi rus adabiyoti bo’limi mudiri, Leningrad universiteti professor (1946-55). 1928-32 yillarda repressiyaga uchragan. Lixachev 10-17-asrlar rus adabiyoti va madaniyati tarixchisi sifatida rus adabiyotshunosligining muhim nazariy masalalari bilan shug’ullanib kelgan (“Igor jangnomasi”, 1950; “qadimgi rus adabiyotida inson”, 1958; “Andrey Rublev va Epifaniy Premudriy davridagi rus madaniyati”, 1962 va boshqalar). Lixachevning qadimgi rus adabiyotining paydo bo’lishi, unda inson xarakterining tasvirlanishi, adabiy yo’nalishlar, janr va uslub tizimlarining tashkil topishi haqidagi asarlarida adabiyot, xalq ijodi va tasviriy san’at uzviy aloqada o’rganilgan: “qadimgi rus adabiyoti poetikasi” (1979), “rus tabiati haqida qaydlar” (1981), “o’tmish—kelajakka” (1985). “Matnshunoslik” asarida matnshunoslikning mustaqil fan ekanligini isbotlab berdi. Lixachevning mazkur monografiyasi va boshqa tadqiqotlari o’zbek matnshunoslik fanining shakllanishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatdi.