LIZIMETR
LIZIMETR (Liz… va Yunoncha Metreo — o’lchayman) — tabiiy sharoitga yaqin muhitda tuproqsan suv sizib o’tganda sodir bo’ladigan jarayonlarni o’rganishga mo’ljallangan qurilma. Hozirgi vaqtda Lizimetrdan tuproq genezisi va hosildorligini o’rganishda, xususan, tuproqdan mineral hamda organik moddalarning chiqib ketishi (masalan, yuvilishi)ni aniqlashda keng foydalaniladi.