Logarifm

Logarifm (Yunoncha logos — nisbat va — son) — musbat sonlar to’plamida aniqlangan funktsiya. Sonlarni qo’shish va ayirish ularni ko’paytirish, bo’lish va darajaga ko’tarishga nisbatan soddaroq bo’lgani uchun yuqoridagi xossalardan foydalanib, Logarifm dastlab texnik hisoblarda keng qo’llangan. Logarifmik jadvallar tuzilib, logarifmik Lineykalardan foydalanilgan. Kompyuterlar ixtiro qilingandan so’ng lineykalarga ehtiyoj qolmadi. Logarifm va logarifmik funktsiya tushunchasini shotlandiyalik matematik D. Neper birinchi bo’lib kiritgan va o’rgangan (1614). Logarifmning chuqur xossalari kompleks sonlar maydonida o’rganiladi.