Logistika
Logistika (Yunoncha logistike — hisoblash, muhokama san’ati) — 1) Matematik mantiq tushunchasining sinonimi; 2) B. Rassel va uning maktabi vakillarining asarlarida bayon etilgan matematik mantiq taraqqiyotidagi bosqichning nomi. Nazariy matematikaga qarama-qarshi qo’yiladigan hisoblash va geometrik o’lchovlar “san’ati” qadimiy matematikada Logistika deb atalgan. G. V. Leybnis “Logistika” va matematik mantiq terminlarini o’zi ishlab chiqqan xulosa chiqarishdagi hisobning sinonimi sifatida qo’llagan. Uning g’oyalari hozirgi zamon matematik mantiqda o’zining to’liq ifodasini topgan. “Logistika” tushunchasi logistik metod (formal mantiqni formallashtirilgan tillar nazariyasi yordamida bayon etish usuli), logistik tizim (formal tizim) va boshqa ma’nolarni ham anglatadi.