Logometr
Logometr (Logos va … metr) — ikki elektr kattaliklar (mas, tok kuchi) orasidagi nisbatni aniqlaydigan o’lchash mexanizmi; magnitoelektr, elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik xillari bor. Magnitoelektrik Logometr eng keng tarqalgan; bunda g’altak doimiy magnit maydonida aylanadi. Bunday kattalikning o’zgarishi aylanuvchi momentlarning muvozanatini buzadi. Natijada g’altak va unga biriktirilgan mil (strelka) ana shu o’zgarishga mos holda og’adi. Logometr olshetrlarda, fazometrlarda, chastotomerlar va boshqalarda qo’llanadi.