Lourens (Lawrence) Ernest Orlando
Lourens (Lawrence) Ernest Orlando (1901.8.8, Kanton, Janubiy Dakota — 1958.27.8, Palo-Alto, Kaliforniya) — amerikalik fizik. Yel universitetini tugatgan (1925). Berkli shahridagi Kaliforniya universitetida (1930 yildan professor, 1936 yildan shu universitet radiatsiya laboratoriya direktori) ishlagan. Ilmiy ishlari tezlatkichlar texnikasi, yadro fizikasi va uning biologiya va tibbiyotda qo’llanishiga oid. 1930 yilda zarralarning magnit rezonas tezlatkichi — tsiklotron g’oyasini ilgari surgan va birinchi namunasini kurgan (Amerikalik olim N. Edlefsen bilan hamkorlikda). 1933 yilda vodorod izotopi — deytronnch kashf qildi va ular hosil qiladigan reaktsiyalarni tekshirdi. AQSh atom bombasini yaratishda ishtirok etgan. Nobel mukofoti laureati (1939).