Lovilakon
Lovilakon — Navoiy viloyati Konimex va Tomdi tumanlaridagi ko’l. Qizilqum cho’lining chekkasida. Oyoqquduq qishlog’idan 20 kilometr Janubiy-sharqda Lovilakon cho’ldagi pastqam taqirda hosil bo’lgan. Maydoni (suvi ko’payganda) 262 gektar. Sayoz bo’lganligi va suvining ko’plab bug’lanishi sababli kuzda maydoni kichrayib qoladi. Yer osti va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Lovilakonning ancha qismini o’t bosgan, chekka qismlari botqoqlik, qamishzor. Suvi sho’r.