LUDOLF SONI

LUDOLF SONI — irratsional p sonining 32 ta ishonchli o’nli raqami bilan olingan taqribiy qiymati. Bu son Ludolf van Tseylen nomiga qo’yilgan. Ludolf soni 1615 yilda e’lon qilingan. Ba’zan p sonining o’zi asossiz ravishda Ludolf soni deb ataladi.