“Lunar Orbiter”
“Lunar Orbiter” (inglizcha “Lunar Orbiter”) — Amerikada ishlab chiqarilgan, 1966 yil 10 avgustdan 1967 yil 1 avgustgacha uchirilgan oy sun’iy yo’ldoshlari (OSI) seriyalar nomi. Uchirishdan maqsad oy sirtini OSI orbitasidan turib suratga olib, televizion kanal orqali yerga uzatish. “Lunar Orbiter-1″, ” Lunar Orbiter -2″ va “Lunar Orbiter -3” lar yordamida olingan fotosuratlar, asosan, “Serveyer” avtomatik apparatlarni va “Apollon” kosmik kemalarning oy kabinalarini oyga qo’ndiriladigan joylarni izlashda foydalaniladi. “Lunar Orbiter – 4” va “Lunar Orbiter-5” yordamida qo’ndirilishi mumkin bo’ladigan joylarning va oyning ko’rinadigan tomonidagi ilmiy nuqtai nazardan ancha qiziqarli bo’lgan uchastkalarining, shuningdek, sobiq Ittifoqning “Luna-3” va “zond-3” sayyoralararo avtomatik stansiyalari suratga olgan oyning teskari tomonidagi qutb rayonlarining qo’shimcha suratlari olindi. Bulardan tashqari, “Lunar Orbiter” yordamida Oy yaqinidagi bo’shliq radiatsiyasi va mikrometeorlar, oyning gravitasion maydoni o’rganildi va hokazolar.