Lundkvist (Lundkvist) Artur Nils

Lundkvist (Lundkvist) Artur Nils (1906.3.3, Janubiy Shvetsiya, Oberyunga — ?) — shved yozuvchisi, jamoat arbobi. Shvesiya akademiyasining a’zosi (1968). “Harorat” (1928), “oshkora hayot” (1929), “qora shahar” (1930), “oq tanli odam” (1932) she’riy to’plamlarida hayot quvonchlarini kuylagan. Lundkvistning “Hayot ko’m-ko’k giyohga o’xshaydi” (1954), “So’zlovchi daraxt” (1960) she’riy to’plamlari, “Vindingdagi vals” (1956), “ozod o’qchining hayoti va o’limi” (1970), “samo irodasi” (1971) romanlari, “qorong’i o’rmon” (1967) novellalar to’plami, “oqar suvda ko’rganlaring” (1978) nomli nasriy she’rlari va boshqa asarlarida realistik tamoyillarning kuchayishi, ijtimoiy mavzularga qiziqish kuzatiladi. Chet el sayohatlari haqidagi kitoblar, tanqidchilik, publitsistikaga oid asarlar va tarjimalar Lundkvist ijodida muhim o’rin egallaydi. Lundkvist 1952 yilda Toshkentga kelgan va O’zbekiston haqidagi hikoyalardan iborat “Toshkent lolalari” kitobini yozgan.