Luqmoni Hakim

Luqmoni Hakim – Sharq mumtoz adabiyoti va xalq og’zaki poetik ijodidagi donishmand tabib obrazi. Ko’pgina hikoya, afsona va ertaklar qahramoni. Navoiy (“tarixi hukamo va anbiyo”), Xondamir (“Ravzat Us-safo”) va boshqalarda Luqmoni Hakim tarixiy shaxs-payg’ambar sifatida gavdalangan. Sharq mumtoz adabiyotida u qora tanli qul bo’lib, o’z payg’ambarona karomatlari tufayli ozod bo’lgan. O’zbek folklorida Luqmoni Hakim obrazi donolik timsoliga aylangan (“Luqmoni Hakim”, “Luqmoni Hakim va shoh” va boshqalar).