Lyuizit

Lyuizit (amerikalik kimyogar U. Lyuis nomi bilan atalgan) (J-xlorvinildixlorarsin, a-L.), ClCH=CHAsCl2 — rangsiz, hidsiz og’ir suyuqlik. Molekulyar moddasi 207.29. Qaynash temperaturasi 196,6°, suyuqlanish temperaturasi — 2,4°, zichligi 1879 kg/m3. Organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi. Xorijiy ma’lumotlarga ko’ra, Lyuizit — zaharlovchi modda. Uning juda oz miqdori ham yuqori nafas yo’llarini chidab bo’lmas darajada achishtiradi. 0,2—0,3 mg/sm2 dozasi terini qizartiradi va qattiq og’ritadi. Terida paydo bo’lgan pufakchalar keyinchalik yaraga aylanadi. Lyuizitning bug’lari ham shunday ta’sir qiladi. Birinchi jahon urushi oxirida AQShda ishlab chiqarilgan.