Lyutesiy
Lyutesiy (lotincha Lutetium), Lu -Mendeleev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 71, atom molekulasi 174,967; lantanoidlart kiradi. Lyutesiyni 1907 yilda frantsuz kimyogari J. Urben kashf etgan. Tabiiy Lyutesiy ikkita izotopdan tashkil topgan. 175Lu (97,40%) va 176Lu (2,60%); l76Lu radioaktiv (T|/2=2,4-10-10y.). Birikmalarida 3 valentli, massasi jihatidan yer po’stidagi miqdori 8-10 ‘%, dengiz suvlarida 1,2- 10~6 mg/l. It-tiriy minerallari tarkibida uchraydi. Asosiy sanoat minerallari — ksenotim, evksenit, bastnezit. Lyutesiy — kumush kabi oq, mexanik ishlovga oson beriladigan metall. Suyuqlanish temperaturasi =1660°, qaynash temperaturasi -3410°. Zichligi 9,85 g/sm3. Lyutesiy birikmalaridan Lyutesiy oksid Lu2O3, Lyutesiy ftorid LuF3 va Lyutesiy gidroksid Lu(OH)3 ahamiyatli bo’lib, ular issiqqa chidamli keramika, lazer materiallar va metall holdagi Lyutesiy olishda qo’llanadi.