Ma’dan nima?
Ma’dan-mineral — yer qobig’ining tarkibiga kiradigan va noorganik tabiatli moddadir. Gohida neft, ko’mir va ohakni ham ma’dan deb yuritishadi, lekin aslida qadim zamonlarda yerda o’sgan o’t-o’lanlar va yashagan hayvonlar qoldiqlaridan kelib chihqanligi tufayli ularni ma’danlar deb bo’lmaydi. Ma’danlarni odatda: metall va metallmaslar deb ikki guruhga bo’lishadi. Metall ma’danlar guruhiga qizil temirtosh (temir), mis rudasi, boksitlar (alyuminiy) kiradi. Metalmas ma’danlar toifasiga esa kvars (chaqmoqtosh), asbest, kaltsitlar mansubdir. Ma’danlar kristallar ko’rinishida ham uchraydi. Ma’danlar bilan tog’ga xos jinslar oson chalkashtiriladi, biroq ularning o’rtasida jiddiy tafovut bor. Ma’danlar tarkibi o’ziga xos tuzilishga ega. Ularning kimyoviy tarkibida qayerda qazib olinishiga qaramay barqaror umumiylik mavjud. Ma’danlar yer kurrasining qayeridan topilgan bo’lmasin, o’sha-o’sha rangdorlik, jism qattiqligi (mustahkamligi) va boshqa mushtarak xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tog’ jinslari har xil ma’danlardan tashkil topgan bo’ladi. Masalan, granit, kvars, dala shpati, slyuda va boshqa ma’danlardan tarkib topgan bo’ladi. Biroq bir joydan topilgan ma’dan boshqa yerning ma’danidan ma’danlarning turlicha hajmlarda birikuvidan vujudga kelganligi bilan farqlanadi. Ma’danlar har xil joylardan olinadi. Ularni tog’ jinslaridan, qumlardan topish mumkin. Ular har xil ichki tuzilishli bo’ladi. Ko’pgina ma’danlar kristall tusini oladi yoki “magma” deb atalgan qaynoq massaning qotishmaga aylanishidan paydo bo’ladi. Olmoslar, solyudalar va dala shpatlari — bular magmalardan hosil bo’lgan ma’danlar. Ba’zi ma’danlar o’zining go’zalligi va kamyobligi tufayli o’ta qimmatbaholidir. Ularni “Nodir ma’danlar” deb atashadi. Olmoslar, granitlar, topazlar (qimmatbaho yaltiroq tosh) va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Boshqa ma’danlar yer yuzida keng tarqalgan. Ayniqsa kvars ko’pchilikka ma’lum va mashhurdir. Kvarsning 200 dan ortiq turi mavjud bo’lib, ular yer kurrasining deyarli hamma qismida uchraydi.