MADAPOLAM

MADAPOLAM (Hindistondagi joy nomidan) — polotno o’rilish va ip gazlama; oq surp. O’ngi silliq, yaltiroq bo’ladi, barmoqlar b-n paypaslab ko’rilganda dag’alroq tuyuladi. Madapolam uchun xom surp (xom ashyo) sifatida mitkaldan foydalaniladi. Uni oqartirib, appretlab (pardoz eritmalari shimdirib) va yaltiratib (stearin, parafin va asalari mumi surkab) Madapolam hosil qilinadi. Madapolamdan ichki kiyim, choyshab, yostiq jildi va boshqalar tikiladi.