Madrasa

Madrasa (Arab, darasa—o’rganmoq) — musulmonlarning o’rta va oliy o’quv yurti. Ulamolar va maktabdorlar, yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida davlat or- ganlari xizmatchilarini ham tayyorlaydi. 7-8-a.larda Islom dini ulamolari mu- sulmon ilohiyoti masalalarini sharhlab berib turadigan markaz sifatida Arab davlatlarida paydo bo’lgan. 9-13-a.lar- da Islom diniga e’tiqod qilinadigan mamlakatlarda, jumladan, O’rta Osiyoda tarqaldi. M.larda milliy ziyolilar tay-yorlangan. Abu Bakr Muhammad Narsha- xiyning “Buxoro tarixi” asarida aytib o’tilgan 937 y.gi yong’inda zarar ko’rgan “Forjak” M.si O’rta Osiyodagi dastlab- ki M.lardandir. M.larning xon M.lari, eshon M.lari, xususiy M.lar kabi turla- ri bo’lgan. M. muassislari M.ni ta’min- lash uchun maxsus mulk — vaqf ajratish- gan va bu mulkni boshqaruvchi mutavva- lini tayinlashgan. M.larning vaqf da- romadlaridan bir qismi vaqf mulkini saklab turish, M. binosini ta’mirlash uchun ajratilgan, ma’lum qismi mutav- Vali, mudarrislar, talabalar, masjid imomi, muazzini, sartaroshi, farroshi va b. xizmatchilarga berilgan. M.ga maktabxonann tugatganlar qabul qilingan. Talabalar yoshi 10 dan 40 yoshga- cha bo’lgan. Ular M. yotoqxonalarida yashash huquqiga ega bo’lgan kunduzgi bo’lim va darslarga erkin qatnovchi sirtqi bo’lim talabalari toifalariga ajratilgan. M. o’quv dasturining umumiy jihatlari 10-12-a.larda ishlab chiqilgan va keyinchalik takomillashib borgan. Mashg’ulotlar, odatda, sent.da boshla- nib, may oyigacha davom etgan. Yoz oyla- ri va Ramazon oyida ta’tilga chiqilgan. M.da hafta kunlari tahsil (shanba, yak- shanba, dushanba, seshanba) — mashg’ulot kunlari va ta’til (chorshanba, Payshan- ba, juma) — o’tilganlarni takrorlash hamda dam olish kunlariga bo’lingan. Darslar quyosh chiqish payti (bomdod no- mozidan keyinoq) boshlangan. M.da ta’- lim 3 bosqichda: boshlang’ich (adno), o’rta (avsat) va yuqori (a’lo) guruhlarda olib borilgan. Adno bosqichi “Aqoid” Kito- bini o’qishga o’tguncha davom etgan, avsat bosqichi “Aqoid” kitobini o’qishdan boshlanib, “sharhi mulla” kitobini o’rganguncha bo’lgan va undan keying murakkab qo’llanmalarni o’rganuvchilar a’lo bosqichi talabalari hisoblangan. M.da o’qish talabalar iqtidoriga qarab, 7-12 y. davom etgan. O’rta Osiyodagi M.larda Arab va fors tilida yozilgan kitoblar o’qitilgan, ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharx- lab berilgan. M. o’quv kursi, odatda, “Avvali ilm” deb nomlangan fors ti- lidagi o’quv qo’llanmasini o’zlashtirish b-n boshlangan. Keyin o’rta asrlarning ilmiy tili hisoblangan Arab tili grammatikasi (Arab tili morfologiya- si — sarfi va sintaksisi—nahvi “Bi- don”, “Kofiya” kabi darsliklar asosida) o’qitilgan. Arab tili grammatikasidan so’ng o’quv kursi 2 bo’limga: umumta’- lim kursi — mushkulot va fiqh kur- si — masala bo’limlariga ajratilgan. M.larda fiqh kursining faroiz — me- ros huquqi qismi b-n birga mat. Fani ham majburiy o’quv kursiga kiritil- gan. Talabalar o’z xo-hish-istaklari va qobiliyatlariga qarab mushkulot yoki ma- sala bo’limlaridan birini, agar istasa- lar har ikki bo’limni o’qib tamomlashla- ri mumkin bo’lgan. M.larda to’liq kureni o’qib tamomlash uchun talabalardan fal- safa va huquq fanlariga oid taxm. 137 darelik — qo’llanmani o’zlashtirish ta- lab etilgan. Bu dareliklarning aksariya- tini o’rtaosiyolik allomalarning asarla- ri, jumladan, Imom Buxoriy va Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziylarning hadis to’plamlari, Abu Mansur Moturi- diy Samarqandiyning “kitob attavhid”, Burhoniddin Marg’inoniynchng “al- Hidoya Fi sharh albidoya”, Najmiddin Ali ibn Umar Qazviniyning “arRisola ash-Shamsiya Fi-l qavoid almantiqiya”, Abdurahmon Jomiyshtg “al-Favoid addi- yoiya”, Mahmud ibn Ahmad Mahbubiyning “Viqoyat arrivoya Fi masoil”, Ubaydulloh ibn mas’-ud Mahbubiyning “an-Nuqoya” (“muxtasar alviqoya”) kabi asarlari tashkil etgan. M.larda tala- balarning qiziqishlari va mudarris- larning mavjudligiga qarab, falakiyot, handasa, tibbiyot, kimyo, jug’rofiya, tarix, adabiyot, aruz ilmi, me’morlik asosla- ri, xattotlik, musiqa, axloq, notiqlik kabi fanlar ham o’qitilgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida O’rta Osiyo M.lari o’quv dasturi birmuncha isloh etilib, ularda o’qitiladigan fanlar tarkibi- ga turk, rus, frantsuz, ingliz tillari, fizika, ziroatchilik, hisob, gigiena, psixologiya, metodika, trigonometriya, siyosiy iqtisod, tijorat kabi fanlar kirib kela boshlagan. 19-a. oxiri — 20- a. boshlarida Buxoro amirligida 336, Xiva xonligida 132, Turkiston general- gubernatorligida 348 M. bo’lgan. 20-a. ning 2-choragi boshlarida sovet hukumati tomonidan M.lar diniy muassasalar qatorida davlatdan ajratilgan va “Xuro- FOT o’choqlari” tamg’asi b-n tugatib yubo- rilgan. O’zRda O’zbekiston musulmonlari idorasi ixtiyorida qolgan bir nechta M. esa endilikda faqat ruhoniylar tayyor- laydigan o’rta va oliy diniy o’quv yurtla- riga aylantirilgan. M.lar musulmon olamida me’morlik inshooti sifatida 10— 11-a.larda vujud- ga kelgan. Ilk M.lar bir qavatli, o’rtasi hovli va uning atrofi hujralardan iborat bo’lgan. Ba’zan gumbazli go’rxona qurilib, M.ga homiylik qilgan kishi- ning sag’anasi qo’yilgan. 14-16-a.lardan boshlabhashamatli M. binolari qurish avj oddi. Ular 2-3 qavatli qurilib, odatda, katta va go’zal peshtokli, atrofi hujralar b-n o’ralgan hovlisi, darsxona, kutubxona va maejidi bo’lgan. Keyinrok, katta M.lar yoniga minora qurish rasm bo’lgan. Kirish peshtoqining ro’parasida, peshayvon bo’lib, u yozgi darsxona vazifa- sini bajargan hamda hovliga salobat bergan. Ba’zan M.larda hujralarning hovli tomoni ravoqli ayvonlar b-n o’ralib, hovli o’rtasida hovuz qilingan. M.larning tashqi va ichki qismi har xil rangli koshinkori va ganchkori bezaklar b-n pardozlangan. Qur’ondan oyatlar va hadislar ko’chirib yozilgan. Mas, Buxo- rodagi Ulug’bek M.si eshiklariga “Bi- lim olmoq har bir musulmon erkak va ayolning burchidir” degan hadisi-sharif bitilgan. M. umumiy qurilish tipologiyasi (tasnifi) loyihasi va qurilmasiga ko’ra, ajralib turadi. O’rta Osiyo me’morli- gida masjid va darsxona qoidaga ko’ra, peshtoqning ikki yon qanotida joylash- gan. Suriya va Misrda ular kiraverish- da hovlining to’rida ko’ndalangiga ay- vonli qilib qurilgan. Turkiyada hovli tepasi ham gumbaz b-n qoplangan. O’rta Osiyo va G’arbiy Osiyoda odatdagidek ra- vokli qilib yopish uslubi qo’llangan. Shim. Afrikada to’sinli tomlar bo’lgan. Arab mamlakatlaridadastlabki M. va- zir Nizomulmulk tomonidan Bag’dodda (11-a.ning 2-yarmida) qurilgan. O’rta Osiyoda M. maxsus me’morlik inshoo- ti sifatida qurilgani haqida tarixiy ma’lumotlar saqlangan. Shohizinda tarkibida Samarqand hokimi Tamg’och Bug’roxon Ibro-him qurdirgan (11-a.) M. qoldiklari topilgan. Buxorodagi Mir Arab madrasasi, Abdullaxon madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, Samarqanddagi Ulug’bek madrasasi, Sherdor madrasa, Ti- makori madrasasi, Xivadagi Muhammad Rahimxon madrasasi, Muhammad Amin inos madrasasi, Toshkentdagi Ko’kaldosh madrasasi, Baroqxon madrasasi, Abulqosim madrasasi, Qo’qondagi Kamol qozi madrasasi, Andijondagi gumbaz M. va b. me’moriy yodgorliklar sifatida mashhur. Ad.: Kerenskiy O. M., Medrese Tur- kestanskogo kraya-Spb., 1892; Abdullaev Yu., Ocherki po metodike obucheniya gramo- te v o’zbekskoy shkole, T., 1966; Abu Bakr Muhammad Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1991; Shamsutdinov R. T., Rasulov B., Turkiston maktab va madrasalari tarixi (XIX asr oxiri va XX asr boshlari), An- Dijon, 1995. Gulnora Solijonova.