Magniy birikmalari
Magniy birikmalari, magniy ftorid, MgF2 — tetragonal panjarali kristallar; a – va R – shaklga ega. Suyuqlanish temperaturasi 1263°, qaynash t-rasi 2272°, zichligi 3,127 g/sm3 (a-MgF2). Tabiatda selanit minerali a-MgF2 ko’rinishida uchraydi. Suvda oz eriydi (25° da 100 g da 0,013 g). Shisha, keramika, emallar, katalizatorlar, sintetik smola va asbest ishlab chiqarishda, optik va lazer materiallar olishda qo’llanadi.