Mahmudov Mahtumquli Xudoyberdiyevich

Mahmudov Mahtumquli Xudoyberdiyevich (1969.29.7, Angor tumani) — kurashchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, “O’zbekiston iftixori” (2000). 10 yoshidan kurash bilan shug’ullanadi. Mahmudov Toshkent avtomobil-yo’llar institutini tugatgan (1992). At-Termiziy xotirasiga bag’ishlangan xalqaro musobaqalarning bir necha bor g’olibi (1995, 1997, 1999). 73 kilogramm vaznda O’zbekiston chempioni (2000, Samarqand), jahon chempionati bronza medali sovrindori (1999, Toshkent), jahon chempioni (2000, Antaliya).