Majlisiy
Majlisiy (15-a. oxiri, Xorazm -16-a. 1-yarmi, Buxoro) — shoir. Hayoti va ijodi qaqida ayrim ma’lumotlar Niso- riynit “Muzakkir ul-ahbob” tazkirasi- da uchraydi. Uning 4000 misralik “Qissai say- fulmuluk” ishqiysarguzasht dostoni bizgacha etib kelgan. Asar masnaviyda, hazaj bahrida, qissa ichida qissa shakli- da yozilgan bo’lib, tuzilishi, voqealar bayoni jihatidan folklor asarlariga yaqin turadi. Misr shohi Osimning yolg’iz o’g’li Sayfulmulukning Fatina shohi Shohbol qizi Badeuljamolga g’o-yibona sevgisi va unga erishish yo’lidagi sar- guzashtlari, umuman insonning o’z baxti uchun kurashi va bu jarayonda uning kamol topishi tasvirlangan. Asarda adolat, yax- shilik va ezgulik madh etilgan, podshox- lar adolatga chaqirilgan, xotinqizlar huquklarini himoya qilish g’oyalari ilga- ri surilgan. O’zbek adabiyotida dostonning fol- klor varianti xam yaratilgan. Asar Urta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan, qozoq (Saidgaray, 1904), turkman (kur- bonali Ma’rufiy), tatar, rus va b. til- larga tarjima qilingan. Qozonda qayta- kdyta nashr etilgan (1807, 1849, 1883, 1914). Toshkentda dastlab 1916 y. chop qilingan. To’la bo’lmagan ikki qo’lyozma nusxasi O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi (ivn. № 3425, 8205). As: Qissai Sayfulmuluk, T., 1959. Begali Krsimov.