“Majolis un-nafois”

“Majolis un-nafois” (“na- fislar majlislari”) — Alisher Navo- iy tazkirasi (1490-91; 1497-98 y.da qayta ishlangan). Turkiy tazkirachi- likning ilk namunasi. Asarda 15-a.da Xuroson va qo’shni mamlakatlarda yasha- gan shoir, yozuvchi va olimlar (jami 459 kishi) ijodiga oid qisqa ma’lumotlar berilgan. Ma’lumotlar yillar, Geo- grafik o’rinlar hamda sulolaviy tarti- blarga tayanib joylashtirilgan. 8 kiem — “Majlis”dan iborat. 1—2majlislar- da muallifning salaflari — tazkira yozilayotgan vaqtda hayot bo’lmagan shoir- lar, 3majlisda o’ziga zamondosh shoirlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. 5-6 majlislarda Xuroson, Samarqand, xo- razm, qarshi, Badaxshon, Qazvin, Sova, Kirmon, Sheroz va b. joylardan chiqqan kalam axdlari haqida; 7majlisda esa te- muriylarga mansub shoirlar haqida fikr yuritilgan. 8 Majlis Sulton Husayn Boyqaroga bag’ishlangan. Tazkirada sho- irlarning bilim darajasi, axloqi, dunyoqarashi, mehnatga munosabati kabi xususiyatlari alohida ko’rsatilgan. Har bir shoirga berilgan tasnif uning ijo- didan namuna keltirish b-n asoslangan. Asarda badiiy ijod asosi va mohi- yatini belgilovchi nazariy masalalar yuzasidan ham fikr yuritilgan: mazmun va shakl haqida fikrlar ilgari surilgan, shoirlar ijodiga baho berishda asarlar- ning g’oyaviy mazmuni b-n birga badiiy mahoratiga ham e’tibor qaratilgan. Na- voiy o’z davri adabiy muhitining qizg’in manzarasini, adabiyotdagi poetik janr va turlar rangbarangligini ko’rsatib bergan. Asar qiziqarli va sodda, ravon uslubda yozilgan, fikrlar puxta va ixcham ifodalangan. Tazkira 15-a. o’zbek ilmiy na-srining guzal namunasi hisoblanadi. “M. un-n.”boshqa xalqlar tillariga ham tarjima qilingan va tazkirachilik ishiga samarali ta’sir ko’rsatgan. Chunon- chi, 16-a.da fors tiliga 3 marta (faxriy Hirotiy, 1521-22, Hirot; Qazviniy, 1522-23, Istanbul; Shoh Ali, 1598, Nishopur) tarjima qilingan. Shoir Sodiqiy “M. un-n.”dan il-homlanib, turkiyda “Tazkirai Majma ul-xavos”ni tuzgan. “M. un-n.”ning 15-a. oxiri — 16- a. boshlarida kuchirilgan bir necha nusxa- si Vena, Parij, Boku, Sankt-Peterburg, Toshkent va b. joylarda saqlanmoqda. Ad.: Hayitmetov A., Alisher Navo- iyning adabiytanqidiy qarashlari, T., 1959; oy be k, Navoiyning “Majolis unnafois” asari haqida, 9-j., T., 1974; Mallaev N., O’zbek adabiyoti tarixi, 1ki- tob, 3nashri, T., 1976; Navoiy A., Asar- lar [ 15 jiddli], 12-j., T., 1966; Navoiy, Mukammal asarlar to’plami [20jildli], 13-j., T., 1997.