Makalu

Makalu — katta Himolay tog’laridagi cho’qqi, Nepal bilan Xitoy chegarasida. Jomolungma cho’qqisidan 20 kilometr Janubi-sharqda. Balandligi 8470 metr. Asosan, granitlardan tuzilgan. Yon bag’irlarida muzliklar (uzunligi 15 kilometrgacha) bor. Makaludan Sharqda Himolay tog’larini kesib o’tuvchi Arun daryosi darasi joylashgan. Daraning chuqurligi tog’ tepasidan Daryo o’zanigacha 7300 metr (dunyoda eng katta). Makaluga birinchi bo’lib, 1955 yilda frantsiyalik alpinistlar chiqqan.