Makedonlar
Makedonlar – 1) qadimgi Makedoniya aholisi; 2) Makedoniya tarixiy viloyatida yashovchi turli etnik guruhga mansub aholi nomi; 3) xalq, Makedoniya (sobiq Yugoslaviyaning Makedoniya Respublikasi) ning asosiy aholisi. Bolgariyada, Shimoliy Gretsiyada (150 ming kishi), AQShda (30 ming kishi), Avstraliyada (115 ming kishi) yashaydi. Umumiy soni 1,77 million kishi (1990-yillar o’rtalari), shu jumladan, Makedoniyada taxminan 1,63 million kishi makedon tilida so’zlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, sunniy musulmonlar ham bor. Makedonlar dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandlik bilan shug’ullanadi.