Makroiqtisodiyot

Makroiqtisodiyot (makro… va iqtisodiyot) — bozor xo’jaligi umu- miy nazariyasining bo’limi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xo’jalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni o’rganadi. Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlash- gan ko’rsatkichlar tizimi — milliy boy- lik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investiniyalar yigindisi, muo- maladagi jami pul miqdori va sh k. jami xo’jalik bo’yicha jamlanma, umumlashti- ruvchi ko’rsatkichlar M. o’rganadigan ob’- ektlar hisoblanadi. Ayni paytda M. mam- lakat miqyosida o’rtacha daromadlar, o’rtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singa- ri o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy si- yosati ko’rsatadigan ta’sirini o’rganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, bir tomondan, ma’lum vaqt oralig’ida i.ch. hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuri- tishiga bevosita ta’sir qiluvchi omil- larni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni i.ch., taqsimlash, qayta taqsimlash va foy- dalanish bosqichlarida uni ko’rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, o’sishning umumlashtiruvchi ko’rsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan ko’rsatkichlarning Pa- sayishi hamda ortishi sur’atlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayon- lar, tuzilmaviy proportsiyalar ham M. predmeti hisoblanadi. Makroiktisodiy ko’rsatkichlar moddiy i.ch. va nomoddiy xizmat ko’rsatish sohalaridagi barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard nati- jalarini qamrab oladi. M.ning asosla- ri ingliz olimi J.M.Keynsiint 1936 y.da nashr etilgan “bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” asarida bayon etilgan. Hoz. zamon M. nazariyasi- da 3 oqim (neokeynschilik, monetarism va yangi klassik yo’nalish) mavjud, ular o’rtasidagi asosiy farq makroiktisodiy siyosatga nisbatan berilgan tavsiyalar- ning har xilligida (yana q. Mikroikti- sodiyot). Ad.: Bunkina M.K., Semenov V.A., Makroekonomika, M., 1996; Hakimova M., Makroiqtisodiyot, T., 1997. Shonazar Ermamatov.