Maktabxona
Maktabxona — boshlang’ich ta’- lim maktabi. Dastlab 7-8-a.larda Arab mamlakatlarida paydo bo’lgan. 9-10-a. larda aholisi Islom diniga e’tiqod qiladigan yaqin va O’rta Sharq mamla- katlari, O’rta Osiyo, Volga bo’yi hamda boshqa joylarga tarqalgan. O’rta Osiyoda barcha shahar, qishloq, shuningdek, ko’chmanchi aholi yashovchi ovullarda mavjud bo’lgan. O’rta Osiyo- da o’g’il va qiz bolalar alohida-alohida M.larda o’qitilgan. O’g’il bolalar M. lari aksariyati masjidlar, madrasa- lar, qorixonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida, qiz bola- lar mlari o’kituvchi ayollar uylarida yoki badavlat kishilarning M. yoshidagi qizlari uchun ularning uylarida tashkil etilgan. M.larda o’g’il bolalarni domla o’qitgan. Qizlarni o’qitgan ayollar otino- Yi yoki otinbibi (Toshkentda), bibixali- FA yoki bibiotin (Buxoroda), Eltibibi (Xivada) deb atalgan. Qoraqalpog’iston xududidagi M.larda o’g’il va qiz bola- lar birgalikda bir muallim tomonidan o’qitilavergan. M. binosi, odatda, bir xonadan iborat bo’lib, bolalar bo’ira yoki gilam ustida o’tirganlar. O’g’il bolalar M.larida masjid qavmi tomonidan ta- Klif etilgan masjid imomi yoki muazzi- ni, yoki madrasani tugatgan ziyoli kishi o’qituvchilik qilgan. M.da bolalar o’qish- yozishga o’rgatilgan, madrasalarga o’qishga kirish uchun zarur bilimlar berilgan. M.lar xarajati va domlalarning daromadi vaqf mulkidan tushgan daro- madlar hamda o’quvchilarning ota-ona- lari tomonidan o’qish uchun to’langan mablag’lar hisobidan bo’lgan. Shariat- ga ko’ra, ilm o’rganish uchun murojaat qilgan kishiga rad javobi berish og’ir gunoh hisoblangan, o’qishga kelgan har bir bolaning qaysi ijtimoiy toi-FA- dan bo’lishi va o’qish uchun qancha haq to’lashidan qat’i nazar, o’qituvchilar zimmasiga ularni har qanday e’tirozsiz o’qitish vazifasi Yuklangan. Etim-esir- lar bepul o’qitilgan. Bolalar o’qish uchun maktabga 5-6, ba’zan 6— 8 yoshdan beril- gan hamda o’quv kursi 5-8 y. davom et- gan. Yoz rylari va Ramazon oyida ta’tilga chiqilgan. M.da o’qitishning davomiy- ligi domlaning mahorati, o’quvchining zehni hamda oiladagi muhitga bog’liq bo’lgan. Ma-shg’ulotlar juma va bayram kunlaridan tashqari, har kuni quyosh chiqishidan asr namozigacha davom et- gan. Tushlik uchun tanaffus qilingan. Masjidlar qoshidagi M.larda 10-20 ta, shaharlardagi maktabdor domlalar M.larida 50-60 tagacha o’g’il bolalar o’qitilgan. Qizlar M.larida o’quvchilar soni o’g’il bolalar M.lariga nisbatan chorak va undan ortiqni tashkil etgan. M.da darslar jadvali, qat’iy das-tur va muayyan o’quv kursi bo’lmagan. O’qitish sinfdars tizimida olib borilmagan, balki bir domladan saboq oluvchilar- ning hammasi bir xonada o’qigan. Shunga muvofiq, darsxonaning to’rida Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Mashrab, Hofiz Shero- ziy, So’fi Olloyor asarlari, “Chor kitob” kabilarni o’quvchilar, o’rtasida Qur’on, “Haftiyak” (forscha — “Qur’oni ka- Rimning ettidan biri”)ni o’quvchilar va poygakda “abjadxonlar” (bo’g’inlab o’quvchi va “abjad”ga ko’ra, hisob hamda ko’paytirishni o’rganuvchilar), “taxta- xonlar” (Arab alifbosi harflari yozil- gan maxsus taxtacha — “lavh”dagi har- flarni yodlab o’rganayotgan o’quvchilar) o’tirganlar. Bu holat o’quvchilarni o’qishga yilning aniq belgilangan pay- tida emas, balki yil davomida qabul qilinaverishiga imkon bergan. M.larda o’qish individual olib borilgan, ya’ni o’qituvchi har bir o’quvchi b-n alohida- alohida shug’ullangan. U bolalarni bittabittadan yoniga chaqirib, avvalgi darsda berilgan vazi-fani so’ragan, uni o’zlashtirishiga qarab yangi saboq bergan yoki avvalgi darsni takrorlashni buyur- gan. O’g’il bolalar M.larida domlalar darslarni o’zlashtirmaydigan va M. in- tizomiga rioya etmaydigan bolalarga nisbatan tan jazosini qo’llash huquqiga ega bo’lgan. M.ga o’qishga kelgan o’quvchiga, avvalo, “Kalimai shahodat” duosi yodlatilgan. Xarflarning nomini o’kitishdan harf osti va ustiga qo’yiladigan diakritik belgilar — “harakat”lar yordamida bo’g’in tuzishni o’rgatishga o’tilgan. Keyingi o’quv bosqichi “abjadxonlik” deb atalib, bunda o’quvchilar bo’g’inlarni qo’shishga, “Abjad”ga ko’ra, hisob va ko’paytirishga o’rgatilgan. M.da kitobxonlik “Haftiyak” kitobini o’zlashtirish b-n boshlangan. “Haftiyak”dan ke-yin boshqa kitoblarga qo’shimcha tarzda haftasiga 2-3 marta Qur’onning qolgan qismi o’qitilgan. Qur’onning “Allamnashrax” surasi yodlanishi b-n o’quvchi “savodxon” hisoblangan. Savodi chiqqach, bolalar Di- akritik belgilarsiz nasta’liq yozuvida fors tilida yozilgan “Chor kitob”, So’fi Olloyorning “sabot ul-ojizin”, Fari- diddin Attorning “mantiq uttayr”, Hofiz Sheroziy, Fuzuliy, Bedil, Navo- iy, Mashrab kabi mutafakkirlarning de- vonlarini o’qib saboq olganlar. O’g’il bo- lalar M.laridan farqli ravishda, qizlar M.larida mumtoz shoirlar ijodini o’rganishga ko’proq e’tibor qaratilgan. Shuningdek, ularda qizlar tarbiyasining o’ziga xos jihatlari, chunonchi, uy-ro’zg’or tutish, pazandalik, pokizalik, sharqona odob-axloq kabilarga o’rgatuvchi Aliy Nazimoning “ta’limi Banot”, Olimat ul-Banotning “Muosharat odobi”, Fax- ridtsin ibn Rizouddinning “tarbiyali xotun” kabi darsliklari ham o’qitilgan. M.larda bolalar o’qishni to’liq o’zlashtirib olgandan keyingina yozish- ga o’tganlar. Ba’zan “So’fi Ollo-yor”, “Xo’ja Hofiz” kitoblarini o’qiy ola- digan bo’lgandan keyingina “xatga tush- gan”. Yozuvga o’rgatish bir necha bosqichda olib borilgan. Dastlab alo-hida harflar yozilgan (mufradot bosqichi), keyin harflarni qo’shib yozishga (murak- Kabot bosqichi), so’ngra ikki misrali bayt, qit’a, ruboiylarni ko’chirib yozish (muqattaot mashqlari) ga o’tilgan. Va, nihoyat, duoyi salom hamda ish yuzasidan qog’ozlar yozilgan. Domlalar bolalar- ning yozuvini takomillashtirish uchun ularga “taxta yozish”, ayrim shoirlar- ning kitoblaridan parchalar ko’chirib yozish mashqlarini ham bajartirganlar. Yozuvga o’rgatishda o’qituvchilar “ba- doiul insho”, “Munshaot”, “dastur ul-quzot”, Saidsalohiddinxo’ja ibn Oloviddinxo’janing “Mufradot”, Sher- Muhammad Avazbek o’g’li Munisning “Savodi ta’limiy” kabi darslik va ko’llanmalaridan ham foydalanganlar. M.da imtihonlar bo’lmagan; M.ni bi- tirganligi haqida hujjat ham berilma- gan. M.lar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qo’qon, Xiva, Andijon, Marg’ilon kabi shaharlarda ko’p bo’lgan. 19-a. oxiri -20- a.ning boshlarida o’lkada ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotning o’sishi, sa- vodxonlikka nisbatan talabning ortib borishi natijasida M.lar isloh etilib, yangi usul maktablari paydo bo’la boshla- gan. Ad.: Abdullaev Y., Eski maktabda xatsavod o’rgatish (1867-1917), T., 1961; Rasulov B. M., O’zbekistondagi Musul- mon maktab va madrasalari tarixidan (XIX asr oxiri — XX asrning 20-yil- lari), Andi-jon, 1996; Solijonova g. F., Turkistonda o’qitishma’rifatchilik o’choqlari, ularning ijtimoiy ahamiyati (XIX asr oxiri XX asr boshlari), T., 1997. Gulnora Solijonova.