MALAKA OSHIRISH INSTITUTLARI

MALAKA OSHIRISH INSTITUTLARI, Kadrlar malakasini oshi- rish va ularni qayta tayyorlash in-tlari — xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlovchi mutaxassislar va rahbar xodim- larning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimidagi tashkiliy- metodik va o’quv markazi. O’zbekistonda mutaxassislar malakasini oshirish in- tlari (o’qituvchilar malakasini oshirish in-tlari, vrachlar malakasini oshirish in-tlari va b.) 1930-40 y.larda tashkil qilingan. M.o.i. tinglovchilarga fan va texni- kaning yangi yutuqlarini, rejalashtirish va iqtisodiy rag’batlantirishning sama- rali metodlarini, shuningdek, hisoblash texnikasi, i.ch. jarayonini mexanizasi- yalashtirish va avtomatlashtirish vosi- talaridan foydalanib i.ch., mehnat va boshqarishni ilmiy tashkil etish kabi masalalarni o’rgatadi; o’quv dasturla- ri, rejalarini ishlab chiqadi, malaka oshirish tizimi uchun o’quv va metodik adabiyotlarni tayyorlaydi va nashr etadi. M.o.i.larida o’qishning asosiy shakli kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslari hisoblanadi. Bunday kurslar ulardan ko’zda tutilgan maqsadni to’liq amalga oshirish uchun tinglovchilar o’zlashtirishlari zarur deb xisoblangan o’quv rejasi va dasturining xajmidan kelib chiqqan holda turlicha belgilanadi. Shu b-n birga dolzarb mav- zular bo’yicha qisqa muddatli kurslar, seminarlar o’tkaziladi. M.o.i.da o’quv mashg’ulotlari ma’ruza, seminar, lab. ishlari, amaliyot, ilg’or ish tajribala- rini o’rganish, konsultasiya va sh.k.dan iborat. Shuninedek, ilg’or pedagogic texnologiyalardan keng foydalaniladi. M.o.i.da kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash masalalari bo’yicha zarur me’yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi, ilmiy-metodik tadqiqotlar olib boriladi. M.o.i. o’z faoliyatlari- ni 1997 y. 29 avg.da qabul qilingan O’zR ning “ta’lim to’g’risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi aso- sida olib boradilar. 2002 y. O’zbekistonda 23 M.o.i. ishla- Di. Yiriklari: O’zbekiston milliy unti huzuridagi Oliy ped. in-ti, tosh-kent vrachlar malakasini oshirish Markaziy in-ti, A. Avloniy nomidagi xalq ta’li- mi xodimlari malakasini oshirish Mar- kaziy in-ti, Toshkent iqtisodiyot unti huzuridagi Iqtisodiyot, biznes, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash in-ti, O’zR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi mutaxassislar malakasini oshirish markazi.