Malik
Malik (Arab.— ega, hukmron) — islomgacha bo’lgan Arab davlatlari (Facsoniylar, Lahmiylar)da hukmdor, Markaziy Arabistondagi qabilalar konfederasiyasi va Jan.-Sharqiy Arabi- stonning ba’zi qabilalari boshliqlari, shuningdek, Xadramavt hududidagi kin- da qabilasi zodagonlari vakili. Islom vujudga kelishi b-n “M.”atamasi mu- sulmon bo’lmagan hukmdorlarga (monarx ma’nosida) nisbatan qo’llanildi. Arab xalifaligi parchalanib ketgach, xalifa- lik hududida vujudga kelgan mustaqil davlatlarning hukmdorlari M. deb atala boshlandi. Qur’oni karimda “M.”istilohi podshoh, shuningdek, Alloxning si-fatlaridan biri ma’nosida qo’llaniladi. Sosoniylar davriga oid “Tansara maktublari” asari (260 y.)da aytili- shicha, M. unvoni shohanshoh tomonidan faqat shox, xonadoni a’zolari va chegara hududlaridagi “alanlar, g’arbiy vilo- yatlar, Xorazm va Kobul hokimlari”ga berilgan. Xorazmshohlar davlatida M. harbiy unvoni 10 ming kishilik otliq qo’shinga qo’mondonlik qilgan kishilar- ga berilgan (mas, A’zam M., Temur M. va b.). Bu unvonga kamdan kam hollarda aholining quyi qatlamiga mansub ki- shilar sazovor bo’lishgan. Janglarda alohida jasorat ko’rsatgan M.larga xon unvoni berilgan. Mo’g’ullar bosib olgan ba’zi mam- lakatlarda (13-14-a.lar) mahalliy hukmdorlar M. deb atalgan. Mo’g’ullar hukmronligi davrida Armaniston va Ozarbayjon, Safaviylar davlatidagi yarim mustaqil davlatlarda M. — yirik mulkdor, mahalliy qad. musulmon va xri- stian zodagonlarining ajdodi. Afg’on qabilalarida M. — qabila yoki urug’boshlig’i; qishloq yoki mahalla oqsoqoli. Hozir M. — ba’zi Arab davlat- lari (Iordaniya, Marokash)ning qiroli (podshohi). Musulmonlar ismlarida M. so’zi ism (yoki familiya)ning tarkibiy bo’lagi sifatida uchraydi. Ad.: Lukonin V., Drevniy i Ranne- Srednevekoviy Iran, M., 1987; Buniyodov 3., Anushtagin Xorazmshoxlar davlati, T., 1998; Shixab addin Muxammad an- Nasavi, Jizneopisanie Sultana Djalal ad-Dina Mankburni, Baku, 1973.