Malikshoh

Malikshoh, Abulfath jalo- liddin (1055-1092) — Saljuqiylar sultoni (1072-92). M. 1072 y. otasi Alp Arslon o’rniga taxtga o’tirgan va davlatni vazir Nizomulmulknit kuchli ta’siri ostida boshqargan. Nizomul- mulk uning otasi davrida ham vazir bo’lib, yosh M.ga murabbiylik ham qilgan, M. uni o’z homiysi — Otabek deb ata- gan. M. otasi kabi iqtidorli Sarkar- da bo’lgan. Uning hukmronligi davrida Saljuqiylar davlati hududi juda ham kengaygan (Qashqardan O’rta dengizga- cha, Kavkaz va Orol dengizidan Fors qo’ltig’igacha), davlatning kuch-qudrati o’zining yuqori cho’qqisiga etgan. M.ga harbiy jasoratlardan ko’ra, Nizomul- mulkning mamlakat ichki siyosatida olib borgan faoliyati ko’proq Shuhrat keltir- gan: vayron bo’lgan shahar, qishloqlar tiklangan, aloqa yo’llari yaxshilangan, ko’plab xonaqohlar, masjidlar, karvon- saroylar, rasadxonalar qurilgan. Umar Xayyom M. topshirig’iga ko’ra, sosoniy- larnipt shamsiy taqvimini isloh etib, yangi taqvim tayyorlagan (u “Malikiy yil hisobi” yoxud “Jalol erasi” nomi b-n mashhur). Nishopur, Basra, Isfahon, Hirotda madrasalar qurilgan, xususan, Bag’doddagi “Nizomiya” madrasasi bu- tun jahonga mashhur bo’lgan. Olimlarga homiylik qilingan. Saroyda muntazam suratda shoirlar anjumani bo’lib tur- gan. Mamlakatda diniy tolerantlik ustun bo’lgan; M. garchi sunniy bo’lsada, shia imomlari maqbaralarini ziyorat qilgan. Saltanatdagi tartibni shaxsan nazorat qilish uchun M. hayoti chog’ida davlat hududini 10 marta kezib chiqqan. U saltanatni 12 ta viloyat — mulkka ajratib, ularni saljuqiy amirlar va lashkarboshilarga iqto tariqasida ber- gan. M. hukmronligining so’nggi dav- rida hashshoshiylar siyosat maydoniga chiqqanlar.