Mamadaliev Fattohxon
Mamadaliev Fattohxon (1923.25.8, Baliqchi tumani — 1999.3.4, Toshkent, Baliqchi tumanida dafn etil- gan) — xonanda, sozanda (g’ijjak, tan- bur, dutor) va bastakor. Uzbekiston xalq hofizi (1990). Andijon ped. in-tini tugatgan (1960). Ashula, katta ashula va maqom yo’llarini Umrzoq polvon say- Dali, usta Ro’zimatxon Isaboev, B. Fay- ziev, Abdulla Taraz, shuningdek, J. Sul- tonov va yu. Rajabiylardan o’rgangan. Andijon viloyati turli teatrlarda sozandaxonanda (1944-60), Andijon ped. in-tida o’qituvchi (1960— 67), An- Dijon sh. 2 – madaniyat uyi maqomchilar ansamblining tashkilotchisi va badiiy rahbari (1967-83), O’zbek davlat filar- moniyasi xonandasi (1983 y.dan), tosh- kent konservatoriyasi o’qituvchisi (1984 y.dan). prof. (1992 y.dan). Ovozi tiniq, shirali va dardli, ovoz ko’lami va nafasi keng; ijrosiga kuy b-n she’r uzviyligi, ovoz va cholg’u imkoniyatlarini mohirlik b-n namoyon etilishi xosdir. Repertuari- dan Farg’ona — Toshkent maqom yo’llari, Shashmaqom sho”balari, ashula, katta ashula, Yalla, o’zbek mumtoz ashula va cholg’u turkumlari, bastakorlar asarlari (“ol xabar”, “Ey dilbari jonon”, “Buzruk I—III”, “Saraxbori Navo”, “Ey, sabo” va b.) o’rin olgan. O’zbek mumtoz va zamona- viy shoirlar g’azallari zaminida 50 dan ortiq ashula (“oqibat”, “sog’indim”, “Dardi dilim”, “do’st bilan, ulfat bi- lan”, “intizor” va b.)lar yaratdi, so’nggi dav-rdagi turkum asarlari (“Munojot I— Y”, “Miskin 1—Y”, “Nasrulloyi I— IV”, “Ushshoq” va b.)da o’zbek musiqa merosining muayyan namunalarini nozik jilolar b-n sayqallashtirdi. “Mehnat shuhrati” (1992), “el-yurt hurmati” (1998) ordenlari b-n takdirlangan. 5 qismli “Savti Fattohxon” ashula tur- kumini bastalagan, “qadimgi Ushshoq”, “Umrzoq Polvon Ushshoqi”, “Zikri Ushshog’i” maqom yo’llarini tiklagan. As: Milliy musiqa ijrochiligi ma- salalari (nashrga tayyorlovchi va maxsus muharrir R. Yunusov), T., 2001.