Mandalay, Mandale
Mandalay, Mandale — Myanma- ning Markaziy qismidagi shahar. Man- Dalay viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi shahar atrofi b-n 5,8 mln. kishi (1990-y.lar o’rtalari). Transport yo’llarining muhim tuguni. Iravadi daryosi bo’yidagi yirik port. Ip gazla- ma, yog’moy, taxta tilish sanoati, tay-yor qismlardan avtomobil yig’ish korxona- lari, kema ta’mirlash va t. y. ustaxona- lari mavjud. Hunarmandchilik rivoj- langan. Qo’lda shoyi to’qiladi, yog’och va toshdan o’ymakorlik, kulolchilik buyum- lari tayyorlanadi. Un-t, in-tlar, kutub-xonalar bor. Myanma kino sanoati Mar- kazi. Mamlakatning madaniy va liniy markazi. Budda dinidagilar ziyoratgoh joyi. Shaharga 1857 y.da asos solingan (rasmiy nomi pali tilida — Yadana- bon — “qimmatbaho toshlar uyumi” de- gan ma’noni anglatadi). 1857-85 y.lar myanmaliklarning mustaqil Konbaun davlatining poytaxti bo’lgan.