Mantiq
Mantiq, logika — to’g’ri tafakkur yuritishning asosiy qonunlari va shak- llari haqidagi fan. M. o’zining shak- llanish va rivojlanish tarixiga ega. M.ga oid dastlabki fikrlar qad. Sharq mamlakatlarida, xususan, Hindiston, Xitoyda vujudga keddi. Qadimda M. falsafa tarkibida bo’lgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan. Yunon falsafasida M. masalalari dastlab Parmenidning “tabiat to’g’risida” asa- rida, Eleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit ta’limotida u yoki bu dara- jada ko’rib chiqilgan. Aristo-/ielgacha bo’lgan mantiqiy ta’limotlar ichida Demokritnnt mantiqiy ta’limoti, so- krashnchnt induktiv metodi va Platon dialektikasi diqqatga sazovor. M. il- Mining alohida fan sifatida shaklla- nishi Aristotel nomi b-n bog’likdir. U birinchi bo’lib M. o’rganadigan masa- lalar doirasini aniqlab berdi. Uning “Kategoriyalar”, “talqin haqida”, “Bi- rinchi analitika”, “ikkinchi analiti- ka”, “sofistik raddiyalar haqida”, “to- Pika” nomli asarlari M. masalalariga bag’ishlangan. Aristotel M.ni “ma’lum bilimlardan noma’lum bilimlarni aniqlovchi”, “chin fikrni xato fikrdan ajra-tuvchi” fan sifatida ta’riflaydi. Aristoteldan so’ng M., asosan, stoiklar maktabi vakillarining, Epikur, skep- tiklar ta’limotlarida rivojlantiril- gan. Stoiklar M.ning maqsadi inson aqlini xatolardan asrash va haqiqatga erishishdir, deb bilishgan. Keyinchalik Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida ham M. ilmi shakllandi. O’rta Osiyoda ham falsafa va M. mustaqil fan sifati- da taraqqiy etdi. Bunda Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Bedil kabi buyuk mutafakkir- larning xizmati katta bo’ldi. Forobiy o’zining “mantiqqa kirish”, “ilmlar- ning kelib chiqishi va tasnifi” asar- larida M. masalalariga ilmiy bilish metodlari deb qaragan. Forobiy fikri- cha, M. insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va adashishlardan saqlaydi. Forobiy tushuncha, hukm va ularning turlari, xulosa chiqarish, sillogizm va uning figuralari, moduslarini tahlil qildi. Sillogizm va isbotlash usuli eng to’g’ri, haqiqatga olib keluvchi usul deb hisobladi. Ibn Sinoning “Kitob ashshifo”, “kitob annajot”, “Donishno- ma” asarlarida M.ga doyr fikrlari bayon etilgan. “M. bilingan (bilimlar) yor- damida bilinmaganlarni qanday qilib aniqlashni ko’rsatadigan, haqiqat va haqiqatsifat bilim va yolg’on nima ekan – ligini hamda ular qanday turlarga ega ekanligini aniqlab beradigan ilmdir”, degan edi Ibn Sino. U M. ilmini barcha ilmlarning muqaddimasi, ularni egal- lashning zarur sharti sifatida talqin etdi. Aristotelning M.ga oid ta’limoti Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdlarning M. ga oid asarlari orqali Evropaga ki- rib keldi. O’rta asr Evropasida M. ma- salalari, asosan, umumiy va yakka tushun- chalarning o’zaro munosabati do-irasida o’rganildi. Yangi davrda R. Dekart, F. Be- kon, T. Gobbs, V. Leybnis va b. M. ilmi turli yo’nalishlarining yaratilishiga asos soldilar. 18 — 19-a.lar falsafiy fikrida I. Kant va V. F. Gegel yaratgan mantiqiy tizimlar muhim o’rin tutadi. Gegel fikricha, falsafa M. shaklida mavjud, uning o’rganish ob’ektini ta- fakkur tashkil etadi. M.ning asosiy va- zifasi haqiqatni aniqlash, unga erishish yo’llarini o’rganishdir. M. tafakkurning namoyon bo’lish shakllari va taraqqiyotini, shu jumla- dan, fikrlar o’rtasidagi aloqadorlikni ko’rsatadigan qonunqoidalar yig’indisini o’rganadi. M.ning vazifasi — chin fikrni, haqiqatni aniqlash. M. ilmining o’rganish ob’ekti tafakkur tr- Tafakkur 3 xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud bo’ladi. Muhokama yuritish ana shular va ularning o’zaro aloqalarga ki- rishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy tuzilmalar (mas, muam- mo, gipoteza, nazariya, g’oya va b.)da amalga oshadi. Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy sharti qatoriga fikrning chin bo’lishi va for- mal jihatdan to’g’ri qurilishi kiradi. O’zi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr — chin fikr deb atala- Di (q. Isbot). Fikrni to’g’ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonunlari (q. Ayniyat qonuni, ziddiyat qonuni, etarli asos qonuni, uchinchisi istisno qonuni) mu-hokama yuritish ja- rayonida fikrlar (fikrlash elementlari) o’rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur ko’p qirrali jarayon bo’lib, uni turli tomondan, xususan, mazmuni va shakli (tuzilmasi) bo’yicha yoki kelib chiqishi va taraqqiyotida olib o’rganish mumkin. Bularning barchasi M. ilmining vazifasini tashkil etadi, uning turli metodlaridan (q. Induk- tsiya, deduktsiya) foydalanishga, har xil yo’nalishga ajralishiga sabab bo’ladi. Hoz. paytda M.ning formal M., dialektik M., matematik M. kabi yo’nalishlari bor. Formal M. tafakkur strukturasini fikrning anik, mazmuni va taraqqiyotidan chetlashgan holda, nis- batan mustaqil ravishda o’rganadi. Uning diqqat markazida muhokamani to’g’ri qurish b-n bog’liq qoidalar va mantiqiy amallar yotadi. Dialektik M. tafakkur- ni uning mazmuni va shakli birligida hamda taraqqiyotida olib o’rganadi. Ma- tematik M. tafakkurni matematik me- todlar yordamida tadqiq etadi. U hoz. za- mon mat. sining muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib, tafakkurni yuqori darajada abstraktlashgan va formallashgan siste- mada tahlil qiladi. 20-a.da noan’anaviy M.ning turli yo’nalishlari, xususan, ko’p qiymatli mantiqiy sistemalar (ya. Lukasevich, Geyting, Reyxenbaxning uch qiymatli mantiqiy sistemalari, Post- ning pqiymatli mantiqiy sistemasi va sh.k.), konstruktiv M. lar (A. N. Kolmo- gorov, A. A. Markov variantlari) va mo- dal M. kabi nazariyalar vujudga keldi va rivojlandi. O’zbekistonda M. masalalari b-n dast- lab M. M. Xayrullaev, E. Yu. Yusupov, V. Qobulov shug’ullangan. Keyinchalik I. Rahimov, M. Sharipov, O. Imomxo’jaeva, D. Fayzixo’jaeva va b. M.ga oid ilmiy izlanishlar olib borishdi. Ad.: Xayrullaev M. M., Haqberdiev M., Logika, T., 1984; Sharipov M., Fayzixo’jaeva D., Mantiq (ma’ruzalar matni), T., 2001.