Manufaktura
Manufaktura (lotincha manus-qo’l, factura-tayyorlash)-mehnat taqsimoti va ko’p hunari texnikasiga asoslangan korxona. Sanoat taraqqiyotining oddiy kooperatsiyadan keyingi 2-bosqichi. Manufaktura G’arbiy Yevropa mamlakatlarida XVI asr o’rtalarida vujudga kelib, XVIII asrning oxirgi choragigacha davom etdi. Angliyada (XVI-XVIII asrlar) dastlab to’qimachilik sanoatida, qog’oz va shisha ishlab chiqarish sohalarida rivoj topdi. Ishchi va mehnat qurollarining tor ixtisoslashuvi tufayli, Manufaktura ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirdi. Lekin u ichki va tashqi bozorning tovarlarga bo’lgan talabini qondirolmasdi. Manufaktura tarixan ijobiy xarakterga ega bo’ldi, ijtimoiy mehnat taqsimotining kuchayishiga yordam berdi, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga o’tishga zamin hozirladi.