MANZARALI O’SIMLIKLAR
MANZARALI O’SIMLIKLAR, dekorativ o’simliklar — kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishda foy- dalaniladigan turli botanik oilalarga mansub madaniy va yovvoyi o’simliklar guruhi. M.o’. shahar va qishloqlarni ko’kalamzorlashtirish, istirohat bog’lari, ijtimoiy, i. ch. binolari va turar joylarni bezatish, guldastalar yasash uchun o’stiriladi. Chiroyi, bar- glari, gullari, mevalari rangi, tana- sining g’aroyib shakllari (shoxlari osilgan, soyabonsimon, US-tunsimon) b-n tavsiflanadi. Bir qator belgilariga, mas, hayot shakliga ko’ra — daraxtlar, butalar, chala butalar, o’t o’simliklarga, poyasi shakliga ko’ra, tik o’sadigan, ila- shib o’sadigan, pastak, yoyilib o’sadigan, osilib o’sadigan va b.ga bo’linadi. M.o’. biologik xususiyatlari hamda Agrotex- Nika talablariga qarab: daraxt va bu- talarga, ko’p yillik, ikki yillik, bir yillik, boshoqsosh (g’allagulli), piyozli va b. o’simlik guruhlariga bo’linadi. M a n zarali daraxt va butalarga yaprokdi, igna bargli, doim yashil va barg to’kuvchi o’simliklar kiradi. Xiyo-bon, ko’chalarga, hovuz va ko’l bo’ylariga eman (dub), kash- tan, chinor, akasiya, oq qayin, majnuntol, terak, sarv, oq qarag’ay, shamshod, do’lana, archa; shiy-pon va ayvon tevaragiga ila- shib usuvchilar — tok, chirmoviq, buta- lardan atirgul, siren va b. ekiladi. Ko’p yillik M. u. ga istirohat bog’lari, xiyobonlarda o’stiriladigan sergul, serbarg va manzarali mevali usimli- klar kiradi. Iliq iqlimli mamlakat- larda ko’p iilliklarning qishda ochiq dalada qoladigan va ko’chirib olib, is- sikxonada saqlanadigan xillari bor. Ba’zi ko’p yilliklar iqlimi sovuq mintaqalarda bir yillik o’simlik si- fatida o’stiriladi. Ular bahorda il- diz, ildizpoya, ildizmeva, piyozchasidan o’stiriladi. Ko’p yillik o’simliklar bir erda 3-5 yil va undan ortiq usadi. Qalamchasi va urug’idan ko’paytiriladi. I k k i yillik M.u. xushmanzara gulli o’simliklar bo’lib, birinchi yili tup- barg, ikkinchi yili gulli va mevali poya hosil qiladi. Bu guruhga, shuningdek, ikki yillik si-fatida ustiriladigan ba’zi kup yillik o’simliklar ham ki- radi. Bulardan, asosan, gulzor barpo etishda foydalaniladi. Bir yillik M. u. ga urugidan ekiladigan va usuv davri bir yil davom etadigan o’simliklar, bi- rinchi yili gullaydigan, lekin sovuqqa chidamsiz o’simliklar ham kiradi (mas, geliotrop, itog’iz, funktsiya, lobeliya va b.). Bir yillik o’simliklarga chiroyli gullaydigan, naqsh barglilar, “gilam” hosil qiladigan, novdalari osilib tu- radigan ampal va b. o’simliklar guruhi kiradi. Iliq iqlimli hududlarda ko’pchilik bir yillik o’simliklar vegeta- tsiya davrini uzaytirish va erta gullashi uchun mart— apr.da parnik va oranjere- yalarga ekiladi, so’ngra ochiq erga kuchi- riladi, ayrimlari to’g’ridan-to’g’ri ochiq erga ekiladi. Bularga qo’qongul, xinagul, tirnoqgul, ko’knorgul, nastursiya, petu- niya, tamakigul, baxmalgul, ipomeya va b. kiradi. G’alla gulli M.o’. boshoqdoshlarga mansub bo’lib, gulchilikda guddastalar tayyorlashda foydalaniladi. Maysazor- larga yakka va guruhlab ekishda baland o’sadigan, gulzor chetlariga va gurux- lab ekishda past o’sadigan g’allagulli o’simliklardan foydalaniladi. Pi- yozli M. o’. piyozguldoshlar va chuchmoma- guldoshlarga mansub bo’lib, manzarali bog’dorchilikda ko’paytiriladi. Bularga boy-chechak, Lola, nargis, giasintlar, pi- Yozgul va b. kiradi. Asosan, piyozchalari- dan ko’paytiriladi. M. o’. urug’i, ko’chatlari, qalamchalari manzarali bog’dorchilik xujaliklarida etishtiriladi, yangi manzarali usim- liklarni madaniylashtirish va ularni tarqatish b-n botanika bog’lari va den- drariylar shug’ullanadi (yana q. Gulchi- lik). Ad.: Dekorativnie rasteniya otkrito- go i zakritogo grunta, Kiev, 1985. Abdushukur Xonazarov.